

Şerobod tumani aholisi va tadbirkorlarini barqaror hamda sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlaş, şuningdek, tarmoqdagi nosozliklarning oldini oliş maqsadida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Şu munosabat bilan, 110/35/10 kV kuçlanişli «Şerobod-Markaz» podstansiyasining 110-1 oçiq taqsimlaş qurilmasi tarmoğidagi «RL-ŞM1-110» liniya ajratgiçida (разъединитель) rejalaştirilgan joriy ta’mirlaş işlari tezkor brigadalar tomonidan muvaffaqiyatli bajarildi.
Uşbu ta’mirlaş işlari natijasida tumandagi tarmoqning yuklama bilan işlaş barqarorligi yanada oşirildi. Hozirda iste’molçilarga elektr energiyasi töliq va me’yoriy sxemada yetkazib berilmoqda.
Yangiliklarni kuzatib boring: MATBUOT XIZMATI