

Samarqand shahridagi “Chumchuqli” podstansiyasida “Magistraltarmoqqurilish” filiali Toshkent uchastkasi jamoasi tomonidan qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda obyektda temir-beton konstruksiyalarni o‘rnatish va montaj qilish ishlari bajarilmoqda.
Har bir konstruksiyani o‘z joyiga o‘rnatish aniqlik va jamoaviy hamkorlikni talab etadi. Toshkent uchastkasi xodimlari mazkur jarayonda o‘z mehnati bilan ishtirok etmoqda.
Fotolavhalarda podstansiyadagi navbatdagi ish jarayonlari aks etgan.
“Magistraltarmoqqurilish” filiali — rasmiy kanal