

“Jizzax magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-sonli qarori hamda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 6-oktabrdagi BM-367-sonli “Elektr xavfsizligi oyligi”ni ötkaziş böyiça körsatmasi ijrosini ta’minlaş maqsadida, Jizzax şahridagi podstansiya atrofida yaşovçi fuqarolar bilan profilaktik uçraşuvlar ötkazildi.
Fuqarolarga elektr energiyasidan xavfsiz foydalaniş, yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlarining muhofaza zonalarida belgilangan talablarga rioya etiş hamda baxtsiz hodisalarning oldini oliş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
⚠️ Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş — inson hayoti, mol-mulk va elektr ta’minoti barqarorligini asraş garovidir!
«JIZZAX MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI