2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxt energetika obyektlaridagi transformatorlar quvvati oshirilmoqda
  • 27.10.2026
  • 29

Elektr energetikasi tizimida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda mavjud quvvatlarni kengaytirish maqsadida qator podstansiyalarda modernizatsiya ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Modernizatsiya doirasida quyidagi podstansiyalardagi kuch transformatorlarining quvvati oshirilishi belgilangan:

♦ 1. «Risovaya» podstansiyasi — 35/10/6 kV
Avvalgi 2 ta 16 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 2 ta 25 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Natijada podstansiyaning umumiy transformator quvvati 32 MVA dan 50 MVA ga oshib, 18 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 2. «SAZIIT» podstansiyasi — 35/10/6 kV
Avvalgi 2 ta 10 MVA quvvatli transformatorlar o‘rniga 2 ta 25 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Umumiy quvvat 20 MVA dan 50 MVA ga oshib, 30 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 3. «Istiqbol» podstansiyasi — 110/35/10 kV
Avvalgi 2 ta 40 MVA quvvatli kuch transformatorlari 2 ta 63 MVA quvvatli transformatorlarga almashtiriladi. Natijada umumiy quvvat 80 MVA dan 126 MVA ga oshib, 46 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 4. «Yangi Tuzel» podstansiyasi — 35/10 kV
Avvalgi 2 ta 6,3 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 2 ta 25 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Umumiy quvvat 12,6 MVA dan 50 MVA ga oshib, 37,4 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 5. «Tuzel» podstansiyasi — 35/6 kV
Avvalgi 10 MVA quvvatli kuch transformatori o‘rniga 16 MVA quvvatli transformator o‘rnatiladi. Natijada transformator quvvati 10 MVA dan 16 MVA ga oshib, 6 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 6. «Karasu» podstansiyasi — 110/35/10 kV
Avvalgi 16 MVA va 25 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 63 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Shuningdek, mavjud 6,3 MVA quvvatli ikkita transformator saqlab qolinadi. Natijada podstansiyaning umumiy transformator quvvati 53,6 MVA dan 138,6 MVA ga oshib, 85 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 7. «Charogon» podstansiyasi — 35/10/6 kV
Avvalgi 10 MVA va 16 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 25 MVA quvvatli ikkita transformator o‘rnatiladi. Umumiy quvvat 26 MVA dan 50 MVA ga oshib, 24 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 8. «Gornaya» podstansiyasi — 35/6 kV
Avvalgi 2 ta 15 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 2 ta 25 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Natijada umumiy quvvat 30 MVA dan 50 MVA ga oshib, 20 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 9. «Bibliotechnaya» podstansiyasi — 110/10 kV
Avvalgi 25 MVA quvvatli ikkita transformator 40 MVA quvvatli transformatorlarga almashtiriladi. Shuningdek, 3,2 MVA quvvatli transformator o‘rniga 10 MVA quvvatli transformator o‘rnatiladi. Natijada umumiy transformator quvvati 53,2 MVA dan 90 MVA ga oshib, 36,8 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

♦ 10. «Vystavochnaya» podstansiyasi — 110/10/6 kV
Avvalgi 2 ta 25 MVA quvvatli kuch transformatorlari o‘rniga 2 ta 40 MVA quvvatli transformatorlar o‘rnatiladi. Umumiy quvvat 50 MVA dan 80 MVA ga oshib, 30 MVA qo‘shimcha quvvat yaratiladi.

► UMUMIY NATIJA
Yuqorida keltirilgan 10 ta podstansiyada transformatorlar quvvatini oshirish hisobiga jami 333,2 MVA qo‘shimcha quvvat yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur modernizatsiya ishlari elektr tarmoqlarining yuklama ko‘tarish imkoniyatini kengaytirish, elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash va iste’molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

⚡️ Energetika tizimini modernizatsiya qilish — ishonchli va barqaror elektr ta’minoti sari muhim qadam!

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI