2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Poytaxt energetika obyektlarida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
  • 29.10.2026
  • 5

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 35/10/6 kV kuchlanishli «Astronomicheskaya» podstansiyasida mavsum ichidagi muhim vazifalarni bajarish doirasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ishlar davomida podstansiyadagi elektr qurilmalarining texnik holatini tekshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda uskunalarning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI