2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
MAGISTRALTARMOQQURILISH: “Eshonguzar” obyektida 2- va 3-piketlar oralig‘ida sim tortish ishlari bajarildi
  • 29.10.2026
  • 25

Toshkent viloyatida L-Rayhon elektr uzatish liniyasini “Eshonguzar” podstansiyasiga kiritish maqsadida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari doirasida navbatdagi montaj bosqichi bajarildi.

Obyektning 2- va 3-piketlaridagi tayanch ustunlar oralig‘iga sim tortildi.

Mazkur ishlar 35 kV elektr uzatish liniyasi trassasini 110 kV gabaritlariga moslab rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qurilish-montaj ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

“Magistraltarmoqqurilish” filiali — rasmiy kanal