2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik — xavfsizlik garovi!
  • 29.10.2026
  • 21

2026-yil 26–28-oktyabr kunlari Qaşqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda ularning oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan hamkorlikdagi qömondonlik-ştab öquv maşqi ötkazildi.

Mazkur maşğulotlarda tegişli taşkilotlar va xizmatlarning hamkorligini mustahkamlaş, favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakat qiliş, aholi hamda hududlar xavfsizligini taʻminlaş masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.

“Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli «Şerobod» podstansiyasida ham favqulodda vaziyatlarga tayyorlikni oşiriş,  yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarga tezkor javob qaytariş borasidagi tadbirlarda faol iştirok etdi.

♦ Unda zilzila vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, vahimaga berilmaslik va favqulodda vaziyatlarda töğri harakatlaniş böyiça tavsiyalar berildi.

♦ Şuningdek, zilzila sodir bölganda xodimlarning özini tutişi, xavfsiz joyga çiqiş tartibi hamda atrofdagilarga yordam körsatiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

♦ Bunday tadbirlar xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oşiriş va inson hayotini muhofaza qilişga xizmat qiladi. 

 

Yangiliklarni kuzatib boring: MATBUOT XIZMATI