

Poytaxtdagi 10 ta podstansiyaning quvvati oşirildi — 333,2 MVA qöşimça quvvat
Poytaxtda iste’molçilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaş, elektr tarmoqlarining imkoniyatlarini kengaytiriş hamda kuz-qiş mavsumida elektr ta’minoti işonçliligini oşiriş maqsadida qator podstansiyalarda kuç transformatorlari yangilandi.
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan amalga oşirilgan işlar doirasida 10 ta podstansiyada transformatorlar quvvati oşirildi. Jumladan:
1 “Qorasuv” podstansiyasida — 53,6 MVAdan 138,6 MVAga;
2 “Istiqbol” podstansiyasida — 80 MVAdan 126 MVAga;
3 “Saziit” podstansiyasida — 20 MVAdan 50 MVAga;
4 “Risovaya” podstansiyasida — 32 MVAdan 50 MVAga;
5 “Yangi Tuzel” podstansiyasida — 12,6 MVAdan 50 MVAga;
6 “Tuzel” podstansiyasida — 10 MVAdan 16 MVAga;
7 “Çaroğon” podstansiyasida — 26 MVAdan 50 MVAga;
8 “Gornaya” podstansiyasida — 30 MVAdan 50 MVAga;
9 “Biblioteçnaya” podstansiyasida — 53,2 MVAdan 90 MVAga;
10 “Vistavoçnaya” podstansiyasida — 50 MVAdan 80 MVAga.
Natijada, uşbu 10 ta podstantsiyaning umumiy transformator quvvati 366,6 MVAdan 699,8 MVAga yetkazilib, jami 333,2 MVA qöşimça quvvat yaratildi.
Mazkur işlar elektr tarmoqlarining yuklamani kötariş imkoniyatini oşiriş, elektr ta’minotidagi uzilişlar xavfini kamaytiriş hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlaşga xizmat qiladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/21521
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati