

“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali xodimlari tomonidan Andijon tumani "O‘rikzor" MFY hududida joylashgan 110 kV kuchlanishli “G‘alaba”, “Yayilma-2” va “Bog‘ishamol” elektr uzatish tarmoqlariga yaqin hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Suhbatlar davomida fuqarolarga elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, elektr uzatish tarmoqlarining muhofaza zonalarida belgilangan xavfsizlik talablariga amal qilish hamda elektr toki bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida elektr xavfsizligi madaniyatini oshirish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda elektr qurilmalari yaqinida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iborat.
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali