2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
«Toshkent shahar MET» filiali jamoasi Xiva shahriga sayohat uyushtirdi
  • 30.10.2026
  • 24

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida «Toshkent shahar MET» filiali jamoasi uchun joriy yilning 23–25-oktabr kunlari qadimiy va betakror Xiva shahriga ichki turizm sayohati tashkil etildi.

Sayohat davomida jamoa a’zolari ko‘hna Xivaning boy tarixi, milliy me’morchilik namunalari, mahobatli madrasalari va osmono‘par minoralari bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, «Ichan-qal’a» tarixiy majmuasining betakror muhiti sayohat ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Bunday sayohatlar xodimlarning mazmunli hordiq chiqarishi, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda yurtimizning boy tarixiy va madaniy merosini yaqindan o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qadimiy Xiva bag‘rida o‘tgan unutilmas lahzalar jamoa xotirasida yorqin taassurotlar qoldirdi.

«Toshkent shahar MET» filiali kasaba uyushmasi boshlang‘ich tashkiloti

 

«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI