2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
KOMPLAYENS XIZMATI: Ötkazilgan sörovnoma natijalari tahlili va xulosalar
  • 30.10.2026
  • 4

"Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida 2026-yillning 23-sentabridan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va komplayens muhiti holati yuzasidan ötkazilgan sörovnoma natijalari tahlili va xulosalar.

https://t.me/ijtimoiysorovuzb/112  

Uşbu tahlil "Özbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va uning filiallarida korrupsiyaga qarşi kuraşiş muhiti, xodimlarning xabardorligi, komplayens xizmatining faoliyati hamda mavjud muammolarni aniqlaş maqsadida ötkazilgan sörovnoma natijalari asosida tayyorlandi.

I. Korrupsiyani tuşuniş va umumiy muhit

Korrupsiya tuşunçasi: Xodimlarning aksariyati korrupsiyani xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaat yölida foydalaniş (42%) hamda pora oliş-beriş va vositaçilik (40%) sifatida töğri tuşunişadi. Şuningdek, taniş-bilişçilik va uruğ-aymoqçilik ham jiddiy muammo sifatida qayd etilgan (31%).

Umumxalq işi ekanligi: Respondentlarning mutlaq köpçiligi (90%) korrupsiyaga qarşi kuraşiş har bir fuqaroning işi bölişi kerakligini qöllab-quvvatlaydi. Bu xodimlarda fuqarolik pozitsiyasi va mas’uliyat hissisi yuqori ekanini körsatadi.

Rahbariyat va şaxsiy namuna: Rahbariyatning murosasizlik pozitsiyasi (“top-menejmentning şaxsiy namunasi”) böyiça fikrlar teng bölingan: 41% xodimlar buni töliq his qilsa, yana 41% qisman his qilişini bildirgan. 18% esa bu muhitni umuman sezmayotganini körsatgan.

II. Kadrlar siyosati va Meritokratiya

Işga kiriş va lavozimga kötariliş: Meritokratiya tamoyillari amalga oşirilayotgani böyiça ijobiy fikrlar (38% töliq, 31% qisman) bilan birga, jiddiy xavotirlar ham mavjud. Xodimlar kadrlar tanlaşda malakali va professional kadrlar yetişmasligini (36%) hamda faoliyat yetarli darajada raqamlaştirilmagani va inson omili yuqoriligini (26%) asosiy muammo sifatida körsatişgan.

Korrupsiya darajasini baholaş (5 ballik tizimda): Filiallarda işga joylaşişdagi korrupsiya: 58% xodim eng past körsatkiçni (1 ball) qöygan bölsa-da, 23% xodim yuqori ballar (4 va 5) orqali korrupsiya xavfi saqlanib qolayotganini bildirgan.

Yuqori lavozimga kötarilişdagi korrupsiya: 50% xodim 1 ball bergan, biroq 19% xodim yuqori ballar bilan bu sohada muammolar borligini ta’kidlagan.

III. Komplayens xizmati va xabardorlik

Normativ hujjatlar va siyosat bilan tanişiş: Xodimlarning 52% qismi "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati" va odob-axloq qoidalari bilan töliq taniş, 38% umumiy tuşunçaga ega. Biroq 10% xodim umuman taniş emasligini bildirgan, bu esa tarğibot işlarini yanada kuçaytiriş zarurligini bildiradi.

Işonç telefonlari va Whistleblowing: Xodimlarning 58% qismi işonç telefonlari orqali xabar beriş mumkinligini yaxşi biladi. Biroq 59% xodimgina şaxsining sir saqlanişiga töliq işonişini bildirgan bölsa, 22% xodim tazyiqdan qörqişi va işonmasligini ta’kidlagan.

Komplayens xizmati samaradorligi: Xodimlarning yarmidan köpi (50% töliq, 35% qisman) komplayens xizmatining mustaqil va xolis faoliyat yuritişiga işonadi. Şuningdek, ötkazilayotgan monitoring va tadbirlar korrupsiya xavflarini kamaytirişga yordam berayotgani (52%) e’tirof etilgan.

IV. Asosiy muammolar va tösiqlar

Sörovnomaning yakuniy qismida xodimlar quyidagi tizimli muammolarni oldinga surişgan:

Qörquv omili: Korrupsiya holatlari haqida xabar berişga tösqinlik qiluvçi asosiy omil sifatida — "Ötkir" muammolarni yetkaziş oqibatida işni yöqotişdan qörqiş (33%) hamda salbiy oqibatlar va ta’qiblar (15%) körsatilgan.

Kadrlar va şaffoflik: Malakali kadrlar yetişmasligi (36%), faoliyatning yetarli darajada oçiq va şaffof emasligi (26%), şuningdek, inson omilining yuqoriligi (26%) asosiy kamçiliklar qatorida turibdi.

V. Xulosa va tavsiyalar

Şaffoflik va raqamlaştirişni kuçaytiriş: Kadrlar siyosatida inson omilini kamaytiriş uçun işga qabul qiliş va lavozimga kötariş jarayonlarini töliq raqamlaştiriş, tanlov jarayonlarining oçiqligini ta’minlaş zarur.

Himoya mexanizmlarini mustahkamlaş: Whistleblowing (xabar beriş) tizimining maxfiyligini oşiriş, xodimlarning tazyiqqa uçramasligi böyiça huquqiy kafolatlarni kuçaytiriş orqali ularning işonçini qozoniş talab etiladi.

Maqsadli öquv maşğulotlarini taşkil etiş: Xodimlar tomonidan "Manfaatlar töqnaşuvini amalda hal etiş" (50%), davlat xaridlari va xalqaro standartlar (ISO 37001) böyiça qöşimça treninglarga ehtiyoj yuqoriligi körsatilgani bois, öquv dasturlarini şu yönalişlarga moslaştiriş maqsadga muvofiqdir.

Uşbu tahlil Aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini yanada oşiriş va aniqlangan böşliqlarni bartaraf etiş böyiça tezkor boşqaruv qarorlarini qabul qiliş uçun asos bölib xizmat qiladi.

Muvofiqlik tizimi (Komplayns) xizmati

 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati