2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKA VAZIRLIGI: 1-noyabrdan tadbirkorlar elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun 100 foiz emas, 15 foiz oldindan tölov amalga oşiradi
  • 31.10.2026
  • 10

Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning 2026-yil 22-sentyabrdagi PF–202-son Farmoniga asosan, elektr energiyasi va tabiiy gazdan intizomli foydalanib kelayotgan tadbirkorlik subyektlari uçun “namunali iste’molçi” maqomi joriy etilgan.

Prezidentimizning 2026-yil 28-avgustdagi PF–175-son Farmoniga muvofiq, 1-noyabrdan boşlab EHNAT va TGNHATga ulangan, masofadan öçiriş va yoqiş imkoniyatiga ega hisoblagiçlari mavjud tadbirkorlik subyektlari oylik elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli qiymatining 15 foizini oldindan tölaydi. Bunda oxirgi ikki oy davomida tölov intizomiga rioya qilmaganlar mustasno. Qolgan tölovlar oy davomida qismlarga bölib amalga oşirilişi mumkin.

Şuningdek, mazkur tadbirkorlar uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi böyiça yozma hisobotlarni ta’minot korxonalariga taqdim etiş majburiyati bekor qilinadi. Elektr energiyasi va gaz ta’minoti böyiça şartnomalar elektron şaklda tuziladi, ularni qoğoz şaklida rasmiylaştiriş tartibi bekor qilinadi.

Yangi tartib tadbirkorlarning aylanma mablağlaridan samarali foydalaniş, ortiqça ma’muriy jarayonlarni qisqartiriş va biznes faoliyatini yanada qulay taşkil etişga xizmat qiladi. 

Manba: https://t.me/minenergy_uz/21555 

«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati