2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Investitsiya loyihasi doirasida yakuniy tungi qurilish-montaj ishlari bajarilmoqda
  • 03.11.2026
  • 39

Maʼlumki, Aksiyadorlik jamiyati tomonidan "Yangi 500 kV kuchlanishli "Halqa" podstansiyasi hamda 220 va 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmoqlarini qurish" investitsiya loyihasi olib borilmoqda.

"Halqa" podstansiyasiga yaqin kunlarda kuchlanish berilishi rejalashtirilayotgani munosabati bilan yakuniy bosqich ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan L-502 elektr uzatish tarmog‘ini 500 kV kuchlanishli "Halqa" podstansiyasiga "kirish-chiqish" sxemasi orqali tarmoqqa ulash ishlari bajarilmoqda.
 

Investitsiya loyihasi doirasida tungi qurilish-montaj ishlarining yakuniy bosqichi bajarilmoqda

Avval xabar berganimizdek, tungi soatlarda L-502 elektr uzatish tarmog‘ini 500 kV kuchlanishli "Halqa" podstansiyasiga "kirish-chiqish" sxemasi orqali tarmoqqa ulash ishlari olib borilmoqda.

Elektr uzatish tarmog‘ining 3-tayanch ustuni ham tik qilinib, fundamingga o‘rnatildi. 

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube 

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati