2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
JARAYON: Investitsiya loyihasi doirasidagi qurilish-montaj ishlarining yakuniy bosqichi
  • 03.11.2026
  • 9

Avval xabar berganimizdek, kecha tungi soatlarda L-502 elektr uzatish tarmog‘ini 500 kV kuchlanishli "Halqa" podstansiyasiga "kirish-chiqish" sxemasi orqali tarmoqqa ulash ishlari boshlanib, lohihaning yakuniy bosqich ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda mazkur loyihaning qurilish-montaj ishlari kunduzgi brigadalar tomonidan davom ettirilmoqda.

Ish jarayonining uzluksizligini taʼminlash maqsadida magistral elektr tarmoqlari filiallaridan ham mutaxassislar jalb qilingan.

Brigada aʼzolariga xavfsiz mehnat sharoiti yaratilgan bo‘lib, qurilish-montaj ishlari loyiha asosida bajarilish nazoratga olingan. Himoya vositalari, ehtiyot qismlar, zarur avtotransport va mexanizmlar bilan taʼminlangan.

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
 
 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati