
❗️"O’zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati matbuot kotibi Ulug’bek Urunov bilan “Energiya tejamkorligi va samaradorligi hamda energetika xavfsizlik masalalari” mavzusida podcast suhbat tashkil qildik.
► Nasib yaqin kunlarda Youtube kanalimda ko’rishingiz mumkin.
@zoir_kenjayev
https://t.me/uzmetaxborotxizmati/64296
⚡️ “O‘ZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ — MAMLAKAT ELEKTR ENERGETIKA TARMOG‘INING MUHIM BO‘G‘INI
► “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2019-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimida faoliyat yuritadi.
♦ Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari:
✅ Magistral elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, modernizatsiyalash va rivojlantirish;
✅ Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli (35kV, 110 kV, 220 kV, 500 kV) magistral tarmoqlar orqali uzatish (transportirovka);
✅ Elektr energiyasining davlatlararo tranzitini amalga oshirish va qo‘shni mamlakatlar energetika tizimlari bilan hamkorlik qilish;
✅ Elektr uzatish tizimining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash;
✅ Yangi energetika obyektlarini magistral elektr tarmoqlariga integratsiya qilish, qurilish-montaj ishlarini bajarish..
⚡️ Muhim jihat: Aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasini bevosita xonadonlarga taqsimlash-sotish bilan emas, balki uni magistral tarmoqlar orqali uzatish va magistral elektr tarmoqlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati