

Elektr energetika obyektlarida uskunalarning texnik holatini nazorat qilish, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish hamda elektr ta’minoti ishonçliligini oşiriş maqsadida Yakkasaroy tumanidagi podstansiyalarda profilaktik tekşiruv işlari amalga oşirilmoqda.
Jumladan, maxsus teplovizor qurilmasi yordamida elektr uskunalari ko‘zdan keçirilib, qizigan nuqtalar aniqlanmoqda. Bu orqali kontakt birikmalari va elektr jihozlaridagi harorat o‘zgarishlari nazorat qilinib, yuzaga kelişi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldi olinmoqda.
«Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tomonidan elektr energetika obyektlarida nazorat, texnik xizmat ko‘rsatiş va profilaktik tadbirlar izçil davom ettirilmoqda.
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI