
Diqqat, e’lon! Mini-futbol böyiça Aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi kubogining navbatdagi musobaqasi jonli efirga uzatib boriladi
Yuqori kuçlanişli podstansiyalar hamda magistral elektr tarmoqlariga xizmat körsatuvçi personal — mutaxassislarning bilim-malakasi yuqori bölişi talab qilinişi bilan birga jismoniy tayyorgarligi ham yuqori darajada bölişi lozim.
Bir neça kilometrga çözilgan elektr tarmoqlarini nazorat körigidan ötkaziş, bir neça metr balandlikdagi tayanç ustunlariga çiqib işlaş va avariyalarni tezkor bartaraf etiş çaqqonlik va epçillikni talab qiladi.
Şu maqsadda joriy yilning 12–14 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz şahrida «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ «Boşqaruv raisi kubogi» uçun mini-futbol böyiça navbatdagi musobaqa bölib ötadi.
Mazkur musobaqaning qurʼa taşlaş marosimi bölib ötdi. Qurʼa natijalariga köra, musobaqada iştirok etuvçi 17 ta jamoa A, B, C va D guruhlariga taqsimlandi.
Mini futbol maydonida ötadigan bahslarni «ÖzMET» AJ Axborot xizmati rasmiy YouTube kanaliga yuklab borişni rejalaştirgan. Futbol öyinini barça hamkasblarimiz va rasmiy YouTube kanalimiz muxlislari onlayn rejimda kuzatib borişlari mumkin.
Barça jamoalarga musobaqada omad va ğalaba tilaymiz!
«ÖZBEKISTON MILLIY ELEKTR TARMOQLARI» AKSIYADORLIK JAMIYATINING ELEKTRON MANZILLARINI KUZATIB BORING!
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Telegram: https://t.me/uzmetaxborotxizmati
Facebook: https://www.facebook.com/elektrtarmoq
Twitter: https://twitter.com/uzbekistonmet
Instagram: https://www.instagram.com/uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati