

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 599-son qarori ijrosini ta’minlash, elektr tarmoqlarining ishonchliligi va barqarorligini yanada oshirish maqsadida “Narpay” 35 kVli podstansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar doirasida podstansiya elektr uskunalarini yangilash va texnik holatini yaxshilash orqali elektr energiyasini uzatish hamda taqsimlash tizimining samaradorligini oshirish ko‘zda tutilgan.
Amalga oshirilayotgan modernizatsiya ishlari elektr ta’minoti ishonchliligini mustahkamlash va iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.
”NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI” FILIALI