

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialining tezkor va ta’mirlash xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan 110/10/6 kV kuchlanishli «Trikatajnaya» podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
⚙️ Ishlar doirasida 10 kV hamda 6 kV kuchlanishli elektr taqsimlash qurilmalaridan chiquvchi fiderlarni joriy ta’mirdan chiqarish, ularning texnik holatini ko‘zdan kechirish va ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur texnik tadbirlar bajarilmoqda.
⚡️ Mazkur ishlar elektr tarmoqlarining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI