
«Özbekiston» radiokanalining FM.103.1 tölqinlarida jonli efirga uzatilgan «Efirda gaplaşamiz» dasturida «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisining maslahatçisi Uluğbek Urunov, "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev, "Hududgazta’minot” AJ "Poytaxtgazta’mitot” filiali boş mutaxassisi Umid Haydarov, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligining Issiqlik va sovitiş tizimlarini rivojlantiriş bölimi boşliğining örinbosasri Solijon Qöşoqov hamda Köp xonadonli uy-joy fondini boşqariş va ekspluatatsiya tizimini muvofiqlaştiriş hamda renovatsiya loyihalarini umumlaştiriş departamenti boş mutaxasisi Azizjon Abdullayev kuz-qiş mavsumida iste’molçilarni issiqlik manbayi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi bilan ta’minlaş jarayoni haqida axborot berishdi.
https://www.youtube.com/
► Dastur davomida iste’molçilarga ayrim tavsiyalar berib ötildi.
Radioboşlovçi Naffal Sodiqjon öğli.
Dasturni Mavjudaxon Oppoqxöjayeva tayyorladi.
Eslatib ötamiz, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan 2026/2027-yillar kuz-qiş mavsumida elektr qurilmalarining barqaror işlaşini taʼminlaşga qaratilgan çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilgan edi, unga asosan 23 553 km elektr tarmoği, 2 817 ta transformator va 4 217 ta kommutatsion apparatda taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.
Transformatorlarning sovitiş tizimidagi 681 ta elektr dvigateli taʼmirlandi. Barça elektr uzatiş havo tarmoqlari navbatdan taşqari va davriy körikdan ötkazilib, 25 868 ta izolyator hamda 14 276 ta quş qönişidan himoyalovçi moslamalar örnatildi. Yil boşidan 1 679 ta podstantsiyadagi elektr qurilmalarining kontakt birikmalari hamda 36 568 kilometr elektr tarmoği töliq teplovizor körigidan ötkazilib, aniqlangan qiziş holatlari bartaraf etildi.
Yuqori kuçlanişli magistral elektr uzatiş tarmoqlarining boriş qiyin bölgan hududlarini, muhofaza zonalaridagi qurilişlar va daraxtzorlarni aniqlaş, şuningdek, avariyaviy holatlarda şikastlangan joylarni qisqa muddatda topiş maqsadida 1 915 kilometr uzunlikdagi elektr tarmoqlari uçuvçisiz apparat — dron yordamida körikdan ötkazildi. Köriklar davomida aniqlangan nuqsonlar öz vaqtida bartaraf etilib, yuzaga kelişi mumkin bölgan avariyaviy öçişlarning oldi olindi.
Elektr tarmoği xöjaligi obʼektlarining işonçli işlaşini taʼminlaş maqsadida 200 tonna transformator moyi, 5 tonna turli rusumdagi sim, 10 kilometr kabel mahsuloti, 60 dona metall va temir-beton tayanç ustunlari, 5 555 ta izolyator, şuningdek, podstantsiyalar uçun turli quvvatdagi 97 ta transformator zaxirasi şakllantirildi.
Avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etiş maqsadida 222 ta navbatçi brigada taşkil etilgan bölib, ular maxsus avtotransport, zarur ehtiyot qismlar, aloqa va himoya vositalari bilan töliq taʼminlangan.
Mavsum uçun jami 629 ta avtotransport va maxsus texnika, jumladan, 43 ta avtokran, 14 ta ekskavator, 125 ta yuk kötariş maşinasi, 82 ta brigada va 302 ta tezkor guruh (OVB) avtotransporti, 39 ta avtogidrokötargiç hamda 24 ta köçma elektrotexnika laboratoriyasi şay holatga keltirilgan.
Elektr qurilmalarida avariyaviy holatlar sodir bölganda tezkor axborot almaşinuvini taʼminlaş, maʼlumotlarni tahlil qiliş va ularni zudlik bilan bartaraf etiş çoralarini köriş maqsadida Aktsiyadorlik jamiyatining Situatsion tahlil boşqarmasida rahbar va masʼul xodimlarning 24 soatlik navbatçilik rejimi yölga qöyilgan.
Isteʼmolçilarni öz vaqtida ogohlantiriş, yaʼni rejali taʼmirlaş hamda favqulodda öçiş xabarlari Axborot xizmati bilan hamkorlikda rasmiy veb-sayt hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida isteʼmolçilar eʼtiboriga taqdim etib borilmoqda.
►YouTube’da köriş/eşitiş
Marhamat, radiomuloqot dasturi bilan tanişing!
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati