

MAXSUS REPORTAJ: «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oşirilgan loyiha — «500 kV kuçlanişli «Ğuzor–Regar» (L-507) elektr uzatiş tarmoğini rekonstruktsiya qiliş» loyihasining Markaziy Osiyo davlatlari elektr energetika umumtizimidagi ahamiyati.
Energiya resurslarining barqaror ta’minoti — iqtisodiyotni harakatga keltiruvçi kuç, işlab çiqariş jarayonining tayançi va aholi hayotining muhim ahamiyat kasb etuvçi ne’mati. Elektr energetika tarmoği — bu yoruğlik, xodadon va ofis xonalarining mö’tadim iqlim şaroiti, elektr uskuna va jihozlarning jon oziği. Uni işonçli uzatiş esa zamonaviy, mustahkam va özaro boğlangan energetika infratuzilmasini talab etadi.
Özbekistonning magistral elektr tarmoqlarini yangilaşga qaratilgan loyihalar orasida 500 kilovolt kuçlanişli «Ğuzor–Regar» elektr uzatiş tarmoğini rekonstruktsiya qiliş alohida örin tutadi. Bu — nafaqat infratuzilmani tiklaş, balki mintaqaviy energetika hamkorligini mustahkamlaşga xizmat qilgan muhim qadam.
«Ğuzor–Regar» elektr uzatiş havo tarmoğisi ilgari ikki davlat energetika tizimlarini boğlab turgan muhim tarmoqlardan biri bölgan. Keyinçalik uzilgan uşbu aloqani qayta tiklaş zarurati mintaqada elektr energiyasi almaşinuvini kengaytiriş va tizimlar parallel işlaganda işonçlilikni oşiriş maqsadlari bilan boğliq edi. Loyihaning asosiy vazifasi — Özbekiston va Tojikiston örtasidagi elektr energetika aloqalarini tiklaş, transçegaraviy elektr energiyasi almaşinuvi imkoniyatlarini kengaytiriş hamda mintaqaviy energetika tizimlari integratsiyasini mustahkamlaş.
Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 3285-UZB-sonli kredit mablağlari hisobidan amalga oşirildi. Quriliş-montaj işlari böyiça şartnoma 2020 yil 18 noyabrda xalqaro kompaniya — «Şanghai Electric Power Transmission & Distribution Engineering Co., Ltd.» bilan 14 million 700 ming AQŞ dollari qiymatiga teng şartlarda imzolangan.
Dastlab ekologik tadqiqot va qayta loyihalaş işlari bajarildi. Yaşaş binosi yoki yordamçi xöjaligi mavjud ayrim aholi vakillariga amaldagi qonunçilikka muvofiq kompesatsiya tölovlari tölab berildi. Yuqori kuçlanişli uşbu tarmoqning quriliş-montaj işlarida mahalliy mutaxassis va korxonalarning ham iştiroki muhim ahamiyat kasb etdi. Loyihaga muvofiq yangi poydevorlar örnatildi va metall konstruktsiyali zamonaviy tayanç ustunlari qad kötardi. Ötkazuvçanlik quvvati yuqori bölgan sim-arqonlar tortildi, şuningdek, elektr uzatiş havo tarmoği bilan boğliq podstantsiya yaçeykalari modernizatsiya qilindi. Quriliş işlari 2021 yilda yakunlanib, tarmoq foydalanişga topşirildi.
Özbekiston hududidan ötuvçi elektr uzatiş havo tarmoği qismi qariyb 64 kilometrni taşkil etadi. Uning 500 kilovolt kuçlanişda işlaşi katta hajmdagi elektr energiyasini uzatiş imkonini beradi. Loyihada dastlab 900 megavatt ötkaziş quvvati belgilangan bölsa, yakunlovçi hisobotda amaldagi körsatkiç 1 200 megavatt etib qayd etilgan. Bu körsatkiç elektr energiyasini uzatiş imkoniyatlari kengayganini körsatadi. 2023 yilda ikki davlat örtasidagi elektr energiyasi almaşinuvi taxminan 1 milliard kilovatt-soatni taşkil etgani ham tarmoqning mintaqaviy ahamiyatini namoyon etadi. Bu körsatkiç 2025 yil yakuni bilan yanada oşgan raqamlarni körsatmoqda. Ahamiyatli jihati şundapki, mazkur elektr uzatiş havo tarmoği, şuningdek, janubiy hududlardagi iste’molçilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaş barqarorligini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Bugun energetika sohasida yangi işlab çiqariş quvvatlarini işga tuşiriş bilan bir qatorda, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qiliş va elektr energiyasini iste’molçilarga işonçli yetkaziş imkoniyatlarini kengaytirişga ham e’tibor qaratilmoqda. «Ğuzor–Regar» loyihasi ana şu vazifalarning muhim böğinidir. U xalqaro moliyalaştiriş, xorijiy texnologiya va mahalliy mutaxassislar iştirokida yirik infratuzilma obyektini qayta tiklaş mumkinligini körsatgan amaliy tajriba böldi. Bunda natija faqat yangi tayançlar yoki simlarda emas — energetika tizimlari örtasidagi aloqa va elektr energiyasi almaşinuvi imkoniyatlarining kengayişida ham namoyon böladi.
«Ğuzor–Regar» 500 kilovolt kuçlanişli elektr uzatiş tarmoğining rekonstruktsiya qilinişi — Özbekiston energetika infratuzilmasini mustahkamlaş va qöşni davlat bilan hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi aniq natijalardan biridir. 2021 yilda foydalanişga topşirilgan uşbu elektr uzatiş havo tarmoği bugun ham mintaqaviy elektr energetika aloqalarini ta’minlaşga xizmat qiluvçi strategik infratuzilmaning bir qismi hisoblanadi. Çunki barqaror energetika — işonçli tarmoqlar, samarali hamkorlik va kelajakka qaratilgan investitsiyalardan boşlanadi.
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati