
► Qashqadaryoda Amudaryo suvi tepaga qanday oqadi?
Videoda aytilganidek, Turkmaniston Respublikasi hududidagi 6 ta nasos stansiyasi suvni 132,2 metr balandlikka ko‘tarib beradi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi 7-nasos stansiyasi esa suvni yana 26,6 metrga (jami 158,6 metr) ko‘tarib, Talimarjon suv omboriga quyadi.
Barcha nasos stansiyalar "Qashqadaryo magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi" ga qarashli bo‘lib, elektr energiyasi bilan «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ tasarrufidagi 7 ta 220/10 kV kuchlanishli podstansiyalar orqali ta’minlanadi.
►Raqamlar:
♦ 7 ta stansiyaning umumiy quvvati - 565 MVt.
♦ Suv omborini (1,5 mlrd m³) 1 marta to‘ldirishga 645–705 mln kVt·soat elektr energiyasi sarflanadi.
♦ O‘zbekistondagi jami elektr energiyasining 16 foizi sug‘orish nasoslariga ketadi.
⇒ Qayerlarni suv bilan ta’minlaydi?
Qashqadaryo viloyatining 7 ta tumani (Nishon, Qarshi, G‘uzor, Koson, Mirishkor, Muborak va Kasbi) dagi 218 ming gektardan ortiq ekin maydonlarini hamda Talimarjon IES va Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasini suv bilan ta’minlaydi.
⇒ Video muallifi: ♦ Qiziqarium
«QAŞQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMAT