

Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli qaroriga muvofiq, «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Abdumalik Abdusalimoviç Nazirov Özbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Uşbu tayinlov munosabati bilan Aksiyadorlik jamiyatida Abdumalik Abdusalimoviçni yangi mas’uliyatli lavozim bilan qutlaş va kuzatiş marosimi bölib ötdi.
Marosimda Aksiyadorlik jamiyati boşqaruvi a’zolari va ma’muriyat mutaxassislari uning rahbarligida amalga oşirilgan işlar, boşqaruv tizimidagi ijobiy özgarişlar va erişilgan natijalarni alohida e’tirof etdilar.
Xususan, magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuçlanişli podstantsiyalarni ekspluatatsiya qilişda zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş, iş jarayonlarini raqamlaştiriş, ilğor texnologiyalardan samarali foydalaniş, faoliyatda oçiqlik va şaffoflikni ta’minlaş, şuningdek, işçi-xodimlar uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş borasida amalga oşirilgan işlar yuqori baholandi.
Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalari, jamoatçilik va yoşlar bilan hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, mutaxassislarning kasbiy salohiyati va bilimlarini oşiriş, jamoada sportga bölgan qiziqişni rağbatlantiriş kabi yönalişlardagi taşabbuslar ham e’tirof etildi.
Kuzatuv marosimida Abdumalik Abdusalimoviçga bildirilgan samimiy tilaklar, hurmat va e’tirof uning Aksiyadorlik jamiyatidagi faoliyati davomida şakllangan işonç va hamkasblar örtasidagi hurmatning ifodasi böldi.
«Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati jamoasi Abdumalik Abdusalimoviç Nazirovga yangi lavozimida muvaffaqiyat, energetika sohasini rivojlantiriş yölidagi mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar va yuksak natijalar tilaydi.
Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube
«Özbekiston MET» AJ Axborot xizmati