

«Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan poytaxt elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida 24 soatlik navbatchilik asosida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tungi vaqtlarda ham mas’ul muhandis-texnik xodimlar hamda tezkor xizmat vakillari tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalar va elektr uzatish liniyalarining ish faoliyati muntazam kuzatib borilmoqda.
Nazorat jarayonida elektr qurilmalarining texnik holati, yuklama ko‘rsatkichlari hamda asosiy uskunalarning me’yoriy ish rejimida faoliyat yuritishi ko‘zdan kechirilmoqda.
Bunday uzluksiz nazorat tadbirlari elektr energetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish va iste’molchilarga elektr energiyasini ishonchli yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI