

«Toşkent şahar magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi yuqori kuçlanişli podstansiyalar va elektr uzatiş tarmoqlarining barqaror hamda işonçli işlaşini ta’minlaş maqsadida uzluksiz nazorat va texnik kuzatuv işlari olib borilmoqda.
Mazkur jarayonlar sutkaning barça vaqtida, jumladan, elektr energiyasi iste’mol hajmi ortadigan tungi soatlarda ham davom ettirilmoqda.
Xususan, tungi nazorat tadbirlari davomida Filial tasarrufidagi podstansiyalarda elektr qurilmalari va yuqori kuçlanişli uskunalarning texnik holati közdan keçirilmoqda.
220, 110 va 35 kV kuçlanişli podstansiyalar, elektr uzatiş liniyalari hamda boşqa energetika qurilmalarining iş holati doimiy nazorat qilib boriladi.
«TOŞKENT ŞAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI