
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2019-yil 27-martdagi PQ-4249-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Yuqoridagi qarorga asosan O‘zbekiston Respublikasining magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish, elektr energiyasini respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining asosiy faoliyat turlari hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-81-son Qaroriga asosan, baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida «E-Anticor.uz» elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-81-son Qarori ga asosan, baholash 29 ta maxsus indikatorlar asosida “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi va ushbu baholash bilan bog'liq ma’lumotlar, ishga qabul qilingan rahbar xodimlar, rotasiya qilingan xodimlar to‘g‘risida ma’lumotlar ochiqlandi.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash USLUBIYOTI «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha NIZOM «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatiga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish REGLAMENTI