E’lonlar
SANOAT MAHSULOTLARINING ONLAYN KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI
  • 12.05.2021
  • 405

✅ Elektron kooperatsiya portali mamlakatning yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlikda www.cooperation.uz  rasmiy veb-sayti bazasi asosida sanoat mahsulotlarining onlayn ko‘rgazmasini tashkil etdi.

❗️Virtual formatdagi tadbir  dunyoning istalgan nuqtasidan sanoat korxonalariga ko‘rgazmalarda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.

 Onlayn ko‘rgazmalarni tashkil etish va o‘tkazish iqtisodiy jihatdan asosli yechim bo‘lib, ishtirokchilarning vaqti va ortiqcha sarf-xarajatlarni iqtisod qilish afzalligini ham taklif qiladi.

‼️ Mazkur onlayn ko‘rgazma ijtimoiy tarmoqlar elementlari va internet-do‘konning imkoniyatlari birlashtirilgan zamonaviy erkin savdo maydoni bo‘lib-tashrif buyuruvchilarga masofadan savdo ya’ni sotish va sotib olish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

⇒ E’tiborlisi, platformada ro‘yxatdan o‘tish, mahsulotlarni  joylashtirish va savdolarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

 Manba: https://t.me/cooperationuz/263

 «O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
 t.me/uzmetaxborotxizmati

>