2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
E’lonlar
EʼLON: Хaridlar bo‘yicha individual mutaxassisni (konsultant) ishga qabul qilish yuzasidan
  • 05.03.2026
  • 10

EʼLON!!!

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (keyingi o‘rinlarda - OIIB) tomonidan moliyalashtirilishi va 2026-2030-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya uzatish tizimining barqarorligini oshirish” uchun xaridlar bo‘yicha individual mutaxassisni (konsultant) ishga qabul qilish eʼlon qilinadi.

Xaridlar bo‘yicha individual mutaxassis majburiyatlar:

  • O‘zbekiston MET AJ ni loyiha doirasidagi barcha xarid masalalari yuzasidan qo‘llab quvvatlash (procurement support);
  • Barcha tender savdolari jarayonlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 11-fevraldagi PQ-51-son qarori va OIIB tartib – tamoyillariga asosan olib borish (tashkil etish, amalga oshirish);
  • Kelib tushgan takliflarni texnik hamda iqtisodiy jihatdan baholash va yakuniy baholash hisobotlarini tayyorlash;
  • Shartnoma oldi uchrashuvlar tashkil etish va shartnomaviy ishlarni amalga oshirishda ko‘maklashish;

Nomzodlar uchun qo‘yiladigan talablar:

  • Nomzod Biznesni tashkil etish, Qurilish muhandisligi, Iqtisodiyot ta’minot zanjir boshqaruvi yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr diplomiga ega bo‘lishi;
  • Umumiy ish tajribasi 5 yil (eng kamida) bo‘lishi;
  • OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan o‘xshash loyihalar bo‘yicha vazifalar va ishlarni bajarishda muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lishi (eng kamida 3 yil);
  • OIIB va boshqa xalqaro moliya institutlari xaridlar qoidalari va yo‘nalishlari yuzasidan tegishli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
  • Energiya tizimi loyihalarida maxsus tajriba va amaliyot mavjudligi;
  • Loyihaga doir ishlarni to‘g‘ri tashkil etish qobiliyatga ega bo‘lishi;
  • FIDIC shartlari asosida tashkil etilgan shartnomalar bilan ish tajribasi mavjudligi qo‘shimcha ustunlik beradi.

 

Qo‘shimcha talablar:

  • Kompyuter dasturlari bilan ishlash bo‘yicha savodxonlikka ega bo‘lishi: Internet, Elektron pochtalar, Windows Word, Excel, Acrobat, Power point.
  • Rus va ingliz tillarini mukammal bilishi.

 

Ish sharoitlari:

  • Nomzod to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksiyadorlik jamiyatiga bo‘ysunadi;
  • Ish haqi OIIB grant mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Nomzodlar tomonidan taqdim etiladigan takliflarni qabul qilish muddati - 10 kalendar kuni (6-martdan 16-martgacha)

Xaridlar bo‘yicha individual mutaxassis uchun umumiy texnik topshiriqlar ilovaga asosan taqdim etiladi.

 

Nomzodlar o‘z rezyumelarini pieneguprojects@gmail.com elektron pochtasiga yuborishlari mumkin.

 

Murojaat uchun telefon: 71-236-66-45

E'LON