«3 ta 167 MVA transformatorli 500/220 kV li «Oltinsoy» podstansiyasi qurilishi» loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan «To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali 2019–2030-yillarda elektroenergetika sohasida yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish dasturi»ga asosan amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyatining aholisi va sanoat korxonalarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, qo‘shni Afg‘oniston Islom Respublikasiga elektr energiyasi eksportining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jihatlarini hisobga olgan holda elektr ta'minoti salohiyatini kuchaytirish naqadar muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Loyihaning qiymati 98,0 mln. AQSh dollari hisobida bo‘lib, u 2020–2023-yillar davomida amalga oshiriladi. Loyiha Jahon Banki tomonidan moliyalashtiriladi. 500/220 kV li «Oltinsoy» podstansiyasi qurilishi uchun Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani, Karsagon mahallasidan yer maydoni tanlandi. Ayni paytda loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Axborot xizmati
Kanalga a'zo bo‘ling! t.me/uzmetaxborotxizmati