
Surxondaryo viloyati Angor tumanida qurilayotgan 1500-1600 MVt quvvatdagi bug‘-gaz elektr stansiyasini 500-220 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘iga ulash investitsiya loyihasi to‘g‘risida maʼlumot.
Loyihani amalga oshirishga asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PQ-5193-sonli.
Loyiha quvvati:
Loyiha doirasida:
· 500 kV “Surxon” podstansiyasining 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasida 500 kV bir jamlanma yacheyka o‘rnatish va 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasini kengaytirish loyihasini to‘liq rele-himoya panellari bilan birgaliqda ishga tushirish.
· 500 kV “Surxon” podstansiyasidan “Angor” bug‘-gaz elektr stansiyasigacha 500 kV kuchlanishli 26 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘i qurish.
· 500 kV “Surxon-Puli-Xumri” elektr uzatish tarmog‘ini “Angor” bug‘-gaz elektr stansiyasi 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasigacha 2x9 km uzunlikdagi qirish-chiqish elektr uzatish tarmog‘ini qurish.
· 220 kV “L-Naibobad-1” va “L-Naibobad-2” elektr uzatish tarmog‘ini “Angor” bug‘-gaz elektr stansiyasi 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasigacha 4x9 km uzunlikdagi qirish-chiqish elektr uzatish tarmog‘ini qurish.
· 220 kV “L-Amu-1” va “L-Amu-2” elektr uzatish tarmoqlarini “Angor” bug‘-gaz elektr stansiyasi 500 kV ochiq taqsimlash qurilmasigacha 2x9 km uzunlikdagi chiqish elektr tarmog‘ini qurish.
Loyiha joylashgan hudud: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on va Angor tumanlari.
Loyihaning moliyalashtirilishi: Soha mablag‘lari hisobidan.
Loyihaning amalga oshirish muddati: 2026-yil yakuniga qadar.
Amalga oshirilgan ishlar:
Loyiha instituti – “Sredazenergosetprojekt” AJ bilan shartnoma tuzildi.
Hozirgi kunda quriladigan elektr tarmoqlari kesib o‘tuvchi hududlar aniqlanib, trassa rejasi tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan va tasdiqlangan.
Elektr tarmoqlari qurilishi uchun texnik topshiriqlar tasdiqlangan.
Loyiha korxonasi tomonidan elektr tarmoqlari kesib o‘tuvchi hududda topografik ishlar amalga oshirilmoqda.
Kapital qurilish boshqarmasi
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati