2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Loyihalar
“Magistral elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish” investitsiya loyihasi to‘g‘risida ma’lumot
  • 16.03.2026
  • 15

Loyihani amalga oshirishga asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
9-noyabrdagi PQ-363-sonli qarori.

Loyiha maqsadi: Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahrida jismonan va ma’nan eskirgan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalarini modernizatsiya qilish orqali sanoat iste’molchilarini va aholini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda energetika tizimining ishonchliligini oshirish hisoblanadi.

Loyiha quvvati:

·  355,7 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish. Xususan, Toshkent viloyatida (L-19-23, L-F-Ch, L-Ks-A, L-19-D, L-22-23), Qashqadaryo viloyatida
(L-K-K, L-32-K, L-32-M), Farg‘ona viloyatida (L-7-F-1,2), Buxoro viloyatida (L-Xamza-1), Surxondaryo viloyatida (L-D-Sh) hamda Samarqand viloyatida (L-XK) elektr uzatish tarmoqlari.

·  Toshkent shahridagi 220 kVli “Fayzobod” va “Zafar”, Namangan viloyatidagi 220 kVli “Obi-hayot” hamda Navoiy viloyatidagi 220 kVli “Zarafshon” podstansiyalarida modernizatsiya va qayta qurish ishlarini olib borish.

Moliyalashtirish manbasi: Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari.

Loyihaning amalga oshirish muddati: 2023–2027-yillar.

Amalga oshirilgan ishlar:

Loyiha texnik-iqtisodiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
9-noyabrdagi PQ-363-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Loyihani moliyalashtirish bo‘yicha 2023-yil 24-noyabrda Osiyo taraqqiyot banki bilan 4326-sonli qarz bitimi imzolangan.

Loyiha doirasida elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha xalqaro tender savdolari yakunlariga ko‘ra bosh pudratchilar “ASPMK-519” (Qozog‘iston) hamda “Tojikgidroelektromontaj” OAJ (Tojikiston) kompaniyalari bilan shartnoma imzolandi.

Shuningdek, “Obi-hayot” va “Zarafshon” podstansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha “O‘zelektroapparat-Elektroshit” AJ (O‘zbekiston) kompaniyasi bilan hamda “Fayzobod” va “Zafar” podstansiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha “Shandong Electrical Engineering & Equipment Group Co., Ltd” (Xitoy) kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Bundan tashqari, loyiha doirasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini xalqaro darajada olib borishni nazorat qilish bo‘yicha “SMEC INTERNATIONAL PTY. LIMITED” (Avstraliya) xalqaro konsalting kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi.

Bugungi kunda bosh pudratchilar tomonidan qurilish-montaj ishlari belgilangan reja grafik asosida olib borilmoqda. Modernizatsiya ishlari 2027-yilda yakuniga yetkaziladi.

 

“Osiyo taraqqiyot banki” loyihalarini amalga oshirish guruhi

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat