Tenderlar
Diqqat, tender tanlovi uchun e’lon!
  • 07.12.2023
  • 276

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlar” AJ tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida moliyalashtirilayotgan “Sarimoy - Jonkeldi yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish” investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida tender tanlovi uchun takliflar qabul qilinmoqda. Barcha qiziqish bildirgan tashkilotlar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Quyida batafsil ma’lumotlar keltirilmoqda:

 

Loyiha nomi:

Sarimay-Jonkeldi Havo liniyasi

YTTB loyihasi identifikatori:

52874

Mamlakat :

O‘zbekiston

Buyurtmachi:

O‘zbekiston Respublikasi Qarz oluvchi bo‘lib, loyiha subyekti “O‘zbekiston milliy elektr tarmog‘i” AJ hisoblanadi

ECEPP ID:

25100401

 

 

Xaridlar faoliyati tavsifi:

Uzunligi 127 km bo‘lgan 500 kVli “Sarimoy” (Xorazm viloyati) - Jonkeldi (Buxoro viloyati) yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ini qurish va 500 kV “Bosh SHES”ning yangi OTQ 500 kV “Navoiy-Muruntov” elektr uzatish tarmog‘i bilan bog‘laydigan 10 km bo‘lgan kirish-chiqish tarmog‘ini qurish”.

Xarid qilish Turi:

Qurilish montaj ishlari

Xarid qilish Usuli :

Bir Bosqichli Ochiq Tender

Biznes Sektor :

Energiya Evroosiyo

Xabarnoma Turi :

Takliflar uchun so‘rov

Nashr sanasi :

07.12.2023 10:00

E’lon qilinish sanasi:

07.12.2023 10:00

E’lon yopilish sanasi:

22.01.2024 10:00 London vaqti bilan (Toshkent vaqti bilan 15:00)

 

Tanlov savdolariga taklif (bir bosqichli usul)

1. Moliyalashtirish to‘g‘risida maʼlumot

Buyurtmachi - Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) tomonidan ajratilgan kredit/grant mablag‘larining bir qismi shartnoma shartlariga muvofiq qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishni ko‘zda tutadi.

Moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlar:

YTTB mablag‘laridan Sarimoy (Xorazm) va Jonkeldi (Buxoro) elektr uzatish liniyasini modernizatsiya qilish (52874-sonli idenfikatsiya raqami) bo‘yicha yakuniy shartnomani moliyalashtirish uchun foydalaniladi. Buyurtmachi kredit kelishuvlarida belgilangan soliq imtiyozlaridan ozod bo‘lishga haqli.

2. Xarid faoliyati to‘g‘risida maʼlumot

Kelishuvlar YTTBning xarid qilish siyosati va qoidalari bilan tartibga solinadi va har qanday mamlakatdan qatnashayotgan ishtirokchilar uchun xarid hujjatlari ochiq bo‘ladi, agarda nazarda tutilmagan boshqa talablar inobatga olinmagan bo‘lsa.

Kelishuv turi va xarid usuli yuqorida keltirib o‘tilgan. Xarid qilish faoliyatining to‘liq tavsifi hujjatlarda va YTTBning elektron xaridlari portalida (ECEPP) mavjud.

Hujjatlar batafsil texnik va moliyaviy talablar, lotlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar, kutilayotgan natija, muvofiqlik va malaka talablari, shartnomaning boshlanish sanasi, shartnomaning rejalashtirilgan davomiyligi, javob harakatlari munosabatlariga har qanday talablar va boshqa kerakli maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu tender xaridlari YTTB mijozlarning elektron xaridlari portali (ECEPP) yordamida amalga oshiriladi. Potensial ishtirokchilar xaridlar portaliga quyidagi havola yoki “Kirish imkoniyatlari” tugmachasini bosish orqali kirishlari mumkin. Ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar tizimga kirishlari va tender hujjatlari bilan tanishishlari mumkin, ro‘yxatdan o‘tmagan qatnashchilar esa qisqa ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng quyidagi havolaga kirishlari mumkin:

https://ecepp.ebrd.com

4. Buyurtmachi manzili

Buyurtmachi manzili faqat ma'lumot uchun. Qiziqish bildirganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mavjud havolalar yordamida hujjatlarga kiring. Ishtirokchilar Buyurtmachi bilan muloqot qilish uchun ECEPP portalining xabarlar markazidan foydalanishlari talab etiladi.

Loyiha rahbari Shuxrat Badalov

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko'chasi, 42-uy

100084, Tel. +99871-236-66-46

Elektron pochta : piu.sarimay.djankeldy@gmail.com

 

>