2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi energetika obyektlarida mavsumiy obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
  • 08.04.2025
  • 61

Avval xabar berganimizdek, magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan elektr uzatish tarmoqlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, ko‘rik tadbirida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Shu bilan birga, Aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi energetika obyektlarida mavsumiy obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Eʼtiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari yuqori kuchlanishli podstansiyalarda har bahor  va kuz faslida amalga oshiriladigan mavsumiy obodonchilik ishlari aks etgan.

Bundan tashqari, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining tayanch ustunlariga liniyalarning texnik-muhandislik (dispetcherlik qaydnoma) nomlari qayta yozilib, metall konstruksiyali tayanch ustunlariga korroziyaga qarshi bo‘yoq tortish ishlari bajarilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati magistral elektr tarmoqlari va 220–500 kV kuchlanishli podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka) hamda davlatlararo tranzitni amalga oshiradi. Shuningdek, Aksiyadorlik jamiyati yillik ish rejasi va investitsion loyihalar asosida magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, taʼmirlash-sozlash ishlarini bajaradi.

Veb-sahifa ♦ Facebook ♦ Instagram 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati