❗️"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Andijon magistral elektr tarmoqlari" filiali quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:
1️⃣ Elektr uzatish liniyalari xizmatiga, elektr uzatish havo liniyalarini ta’mirlash bo’yicha elektromontyori lavozimi, 2 nafar;
2️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimi, 5 nafar.
❗️ Ishga kirish yuzasidan murojaat qiladigan nomzodlarga qo‘yiladigan talablar quyidagicha: Muhandis lavozimiga oliy ma’lumotga ega boʻlishi shart. Elektromontyor lavozimiga oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotli, mutaxassislik bo‘yicha diplomga va ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).
❗️Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimiga talablar: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
☎️ Murojaat uchun telefon: +998-74-224-49-91; +998-74-228-40-59.
Elektron pochta: andijon@uzbekistonmet.uz
❇️ MANZIL: Andijon shahri, Gidroelektrstansiya ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: “Akmal-farm” ishlab chiqarish bazasi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati