2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 22.04.2025
  • 35

⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:

▶️ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga xaridlar bo‘yicha mutaxassis.

Ta’lim: Oliy ma’lumot: iqtisod, menejment, energetika, moliya yoki xalqaro munosabatlar yo‘nalishlaridan biri;

Ko‘nikmalar: Investitsion loyihalar, davlat xaridlari yoki energetikani rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda qo‘shimcha kurslar yoki sertifikatlar bo‘lsa, suhbatda  ustunlik berishi mumkin.

❗️TALABLAR: Davlat va xalqaro tender jarayonlarini chuqur bilish; Investitsion loyihalarga xizmat qiluvchi xaridlarni tashkil etish: texnik topshiriqlar, tender hujjatlari, texnik ekspertiza asosida tanlov o‘tkazish; Xalqaro moliyalashtirish institutlari (Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki) bilan ishlash tajribasi; Shartnomalarni tahlil qilish va muzokara yuritish malakasi.

Amaliy ko‘nikmalar: Bozor tahlili, narxlarni monitoring qilish, texnik va tijorat takliflarni solishtirish; Energetik loyihalar uchun konsalting xizmatlari, texnik ekspertiza, audit xaridlarini amalga oshirish; Loyiha muddatlari, xarajatlar va sifatni nazorat qilishda ishtirok etish.

Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint (mukammal darajada) dasturlarini bilish; ERP yoki xaridlarni avtomatlashtirish tizimlari bilish; Xarid jarayonlari monitoringi uchun maxsus tizimlar (masalan, E-xarid, tenders.uzex.uz kabi) bilan ishlash tajribasi.

Chet tillari: Ingliz tilini yaxshi darajada bilish: xalqaro investorlar bilan ishlash, hujjat tayyorlash va xorijiy ta'minotchilar bilan muloqot uchun zarur; Rus tilini bilishi zarur.

Tajriba: Kamida 2–5 yil investitsion loyihalar, energetika yoki davlat xaridlari sohasida ishlaganlik; Xalqaro donorlar bilan ishlash yoki loyiha boshqaruvida qatnashgan bo‘lish suhbat davomida katta ustunlik berishi mumkin.

Murojaat uchun: 71-236-66-15

Onlayn rezyume 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar. 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati