❗️"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:
▶️ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimi, jami 6 nafar.
1️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;
2️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Qamashi, Yakkabog‘, Ko‘kdala tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;
3️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (G‘uzor, Dehqonobod tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;
4️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Nishon, Kasbi, Mirishkor tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;
5️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Koson, Muborak, Qarshi tumanlari) muhandisi lavozimi, 1 nafar;
6️⃣ Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhi (Turkmaniston Respublikasi, Chorjou viloyati, Do‘stluk tumanida joylashgan «NS-1», «NS-2», «NS-3», «NS-4», «NS-5», «NS-6» nomli 35–110–220 kV kuchlanishli podstansiyalari) muhandisi lavozimi, 1 nafar.
✅ Nomzodlarning doimiy yashash manzili yuqorida ko‘rsatilgan ish joyi manzillariga yaqin bo‘lish maqsadga muvofiq. Suhbat o‘tkazish kuni va manzili haqida rasmiy veb-sayt sahifalarida e’lon beriladi.
✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).
❗️Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimiga talablar: Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lishi, elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi, shu bilan birga, o‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi; Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, shuningdek, energetika sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim; Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi talab etiladi.
Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
Murojaat uchun telefon: +998 (75) 230-42-16.
Elekrton pochta: qashqadaryomet@umail.uz
❇️ MANZIL: Qarshi shahri, Xonabod ko‘chasi 1-uy, «Qashqadaryo MET» filiali binosi.
Mo‘ljal: 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasi ro‘parasida.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati