Bugun Aksiyadorlik jamiyatining maʼmuriy binosida «O‘zbekiston MET» AJ boshqaruvi raisi D.A.Isaqulov fuqarolar shaxsiy qabulini o‘tkazdi.
Boshqaruv raisi qabulida bo‘lgan fuqarolarning asosan bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirish istagi ortidan yozgan murojaatlari muhokama etildi, fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Qabul davomida Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi, Axborot xizmati va murojaatlar bilan ishlashga masʼul boshqarma vakillari ishtirok etishdi.
⇒ Murojaatchilarga bo‘sh ish o‘rinlari yuzasidan berilayotgan eʼlonlar, eʼlonlar tarkibida nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar (lavozim vazifa-majburiyatlariga muvofiq holda) nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish va Komissiya xulosasiga ko‘ra ishga qabul qilish jarayoni haqida tushuntirish berildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati