2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
“Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:
  • 23.04.2025
  • 70

"O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati “Xorazm magistral elektr tarmoqlari" filiali quyidagi bo‘sh ish o‘rinlariga suhbat orqali ishga taklif etadi:

▶️ Elektr energiya oqimlarini hisoblash boʻlimiga muhandis lavozimi, jami 4 nafar.

✅ Nomzodlarning doimiy yashash manzili ish joyi manziliga yaqin bo‘lish maqsadga muvofiq. Suhbat o‘tkazish kuni va manzili haqida rasmiy veb-sayt sahifalarida  e’lon beriladi.

✔️ Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari ham nazarda tutilgan).

❗️Elektr energiya oqimlarini hisoblash guruhiga muhandis lavozimiga talablar:

♦ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida);
♦ Elektr energiyasining texnologik sarflarini hisoblash metodlarini bilishi va hisoblash koʻnikmalarga ega boʻlishi;
♦ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy bilimlarga ega boʻlishi;
♦ Microsoft Excel redaktorida jadvallar bilan ishlash va uning funktsiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;
♦ O‘lchov asboblarining ulanish sxemalarini mukammal bilishi;
♦ Xo‘jalik ehtiyoji va podstansiyalarning o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
♦ Magistral elektr tarmoqlariga elektr energiyasining qabul qilinishi va uzatilishi bo‘yicha hisobotlarni to‘g‘ri shakllantirish tajriba-ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.

Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis oʻziga biriktirilgan obyektlarda 35–110–220 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalar orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarning to‘g‘ri shakllantirilishini, texnologik sarfni hisoblab, elektr energiyasi oqimlarini tahlil qilish va nobalans aniqlangan taqdirda obyektlarga chiqib oʻrganish, nobalans yuzaga kelgan nuqtalarni aniqlash va bartaraf qilish choralarini koʻrilishini ta’minlaydi.

☎️ Murojaat uchun telefon: +998 (62) 224-18-85.

Elektron pochta: shgmet@umail.uz   

xorazm@uzbekistonmet.uz

❇️ MANZIL: Urganch shahri, Xonqa ko‘chasi 36/1-uy, «Xorazm MET» filiali binosi.

Onlayn rezyume 

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari»  ruknida

❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati