⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhiga Bosh mutaxassis (moliyaviy masalalar bo‘yicha) lavozimi.
Ta’lim: Iqtisodiyot, moliya, menejment yoki unga yaqin yo‘nalishlarda oliy ma’lumot (bakalavr + magistratura darajasi maqsadga muvofiq);
Ko‘nikmalar: Investitsion loyihalar, davlat xaridlari yoki energetikani rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishlarda qo‘shimcha kurslar yoki sertifikatlar bo‘lsa, suhbatda ustunlik berishi mumkin.
❗️TALABLAR: Xalqaro moliya institutlari (Jahon banki, OTB yoki YeTTB) tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda tajribaga ega bolishi; Makro va mikroiqtisodiy tahlilni chuqur bilishi; Budjetlashtirish, biznes-rejalashtirish, investitsion loyihalarni baholash uslublarini bilishi; Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (MSFO / IFRS) haqida tushuncha; Soliq, bojxona, mehnat va moliyaviy qonunchilikni bilish; Statistika, iqtisodiy prognozlash, risk tahlili va modellashtirish ko‘nikmalari; Iqtisodiy dasturlar bilan ishlash: 1C, Excel (advanced), Power BI, ERP tizimlari, va boshqalar.
Amaliy ko‘nikmalar: Tahliliy fikrlash va tizimli yondashuv; Strategik qarorlar qabul qilish qobiliyati; Mas’uliyatlilik va xatolarsiz ishlashga intilish; Jamoada ishlash va rahbarlik qobiliyati; Axborotni tez tahlil qilish va natijalardan to‘g‘ri xulosa chiqarish.
Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint (mukammal darajada) dasturlarini bilish.
Chet tillari: Ozbek, rus va ingliz tilini yaxshi darajada bilishi zarur.
Tajriba: Soha bo‘yicha kamida 5–7 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2–3 yili rahbarlik yoki yuqori malakali mutaxassis sifatida.
Murojaat uchun: 71-236-66-15
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati