2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 29.04.2025
  • 146

⚡️ BO‘SH ISH O‘RINLARI:

▶️  Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi.

❗️TALABLAR:

     ♦ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida);

     ♦ Energetika tizimidagi qonun va qonunosti hujjatlarni bilishi;

     ♦ Energiya oqimlarini tahlil qilish hamda elektr tarmoqlari va podstansiyadagi hisob-kitoblar balansini shakllantirishni bilishi;

     ♦ O‘lchov majmuasidagi elektr uskunalarni ishlash prinsipi va ularga qo‘yiladigan talablarni bilishi;

     ♦ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlishi;

     ♦ Microsoft Excel elektron dasturida jadvallar bilan ishlash va uning funksiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;

     ♦ ASKUE, AIISKU tizimini ishlashi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi;

     ♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi lozim.

Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint dasturlarini mukammal darajada bilishi zarur.

Chet tillari: Davlat (o‘zbek) tili va rus tilini bilishi zarur.

Mehnat tajribasi: Soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2–3 yili rahbarlik yoki yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlagan bo‘lishi lozim.

⚡️ Nomzodlar quyidagi elektron pochta yoki telefon orqali Magistral elektr tarmoqlari filiallariga murojaat qilishlari mumkin:

1️⃣  «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali

     andijon@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-74-224-49-91.

2️⃣  «Jizzax magistral elektr tarmoqlari» filiali

     jizzax@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-72-224-56-46.

3️⃣  «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali

     namangan@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-69-226-01-39.

4️⃣  «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali

     navoiy@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-78-770-21-22.

5️⃣  «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

     qashqadaryo@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-75-230-42-16.

6️⃣  «Qoraqalpog‘ston magistral elektr tarmoqlari» filiali

     qoraqalpoq@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-61-223-93-56.

7️⃣  «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali

     samarqand@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-66-233-30-24.

8️⃣  «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

     surxondaryo@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-76-224-03-28.

9️⃣  «Toshkent magistral elektr tarmoqlari» filiali

     toshkent@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-71-207-18-56.

1️⃣0️⃣  «Xorazm magistral elektr tarmoqlari» filiali

     xorazm@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-62-224-18-85.

1️⃣1️⃣ «Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali

     sirdaryo@uzbekistonmet.uz  ☎️ +998-67-226-55-29.

❗️ Suhbat o‘tkazish sanasi Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoq sahifalarida e’lon qilinadi.

Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish joyi — Magistral elektr tarmoqlari filiallarining ma’muriy binosi.

Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Kadrlar bo‘limi tomonidan bayonlashtiriladi. Magistral elektr tarmoqlari filiallarida o’tadigan suhbat jarayonida videokonferens-aloqa orqali  Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatidan vakillar) ishtirok etadi.

Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

❗️ Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar. 

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati