2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 14.05.2025
  • 17

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tun-u kun faoliyat yuritadigan navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

 

 

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/6432

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Namangan magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining 500 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi L–524 bo‘lgan elektr tarmog‘ida o‘tkazgan nazorat ko‘rigidan keyin aniqlangan joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.

Nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.  Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirib, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirilmoqda.

 

 

https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/view/6432

⚡️ Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarni mustahkamlash, shikastlangan tarmoq elementlari almashtirish, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirish kabi ishlarni bajarishdi.

⇒ Nosoz elektr jihozlari yangisiga almashtirilmoqda.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati