Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida aholini qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan onlayn so‘rovnoma o‘tkazib borish (har yarim yilda bir marotaba) masalasi hozirda texnik takomillashtirish bosqichida. Qolaversa, Aksiyadorlik jamiyati o‘z faoliyati yo‘nalishiga muvofiq isteʼmolchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bormasligi (xizmat ko‘rsatmasligi, shartnomalar imzolamasligi) uchun, o‘tkazilayotgan so‘rovnoma savol-javoblarida turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati vakolati doirasidagi masalalar bilan chalkashlik yuzaga kelmoqda.
Ayni paytda rasmiy veb-sayt sahifalarida onlayn so‘rovnoma o‘tkazish texnik imkoniyati mavjud bo‘lmagani tufayli veb-sayt bosh sahifasiga "Onlayn maslahatchi" rukni biriktirilgan bo‘lib, mazkur elektron dastur orqali sayt obunachilarining savollariga onlayn rejimi tarzda javob berib boriladi. Bundan tashqari, saytning "Bo‘sh ish" rukniga "Onlayn rezyume" rukni kiritilgan bo‘lib, Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirishni istagan nomzodlarning rezyume-maʼlumotnomalarini qabul qiladi.
Shuningdek, rasmiy telegram mesenjeri orqali Aksiyadorlik jamiyati faoliyatida aholini qiziqtirgan masalalar, shu jumladan ochiqlikni taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan onlayn so‘rovnoma o‘tkazib borish anʼanasi mavjud bo‘lib, natijalari rasmiy veb-sayt sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati