2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
Diqqat, e’lon! Magistral elektr tarmoqlari filiallarida hujjat topshirgan nomzodlar bilan qayta suhbat bo’lib o’tadi
  • 19.05.2025
  • 58

▶️ Elektr energiyasini uzatish bo‘yicha “Jizzax magistral elektr tarmoqlari" filiali direktori o‘rinbosari lavozimi

2025-yil 20-may kuni soat 15:00da “Jizzax MET" filiali binosida yuqoridagi bo‘sh ish o‘riniga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat bo‘lib o‘tadi!

☎️ +998-72-224-56-46.

❇️  MANZIL: Jizzax shahri, Sangzor mahallasi, Sharof Rashidov ko‘chasi 90-A uy.

Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyiliga asosan o‘tishi uchun har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi, fotolavhalar e’lon qilinadi va arxivlashtiriladi, shu bilan birga, savol-javob jarayoni Kadrlar bo‘limi tomonidan bayonlashtiriladi. Magistral elektr tarmoqlari filiallarida o’tadigan suhbat jarayonida videokonferens-aloqa orqali Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Aksiyadorlik jamiyati rahbariyatidan vakillar) ishtirok etadi.

https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/6431

E’lon berilgan edi: Telegram sahifalarida  \  uzbekistonmet.uz

❗️TALABLAR:

♦️ Oliy ma’lumotli (elektr energetika sohasida);

♦ Energetika tizimidagi qonun va qonunosti hujjatlarni bilishi;

♦️ Energiya oqimlarini tahlil qilish hamda elektr tarmoqlari va podstansiyadagi hisob-kitoblar balansini shakllantirishni bilishi;

♦ O‘lchov majmuasidagi elektr uskunalarni ishlash prinsipi va ularga qo‘yiladigan talablarni bilishi;

♦️ “Nazariy elektrotexnik”, “Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash” hamda “Elektr tizimlari va tarmoqlari” fan dasturlari boʻyicha nazariy hamda amaliy bilimlarga ega boʻlishi;

♦ Microsoft Excel elektron dasturida jadvallar bilan ishlash va uning funksiyalaridan foydalanishni mukammal egallagan boʻlishi;

♦️ ASKUE, AIISKU tizimini ishlashi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lishi;

♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi lozim.

Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint dasturlarini mukammal darajada bilishi zarur.

Chet tillari: Davlat (o‘zbek) tili va rus tilini bilishi zarur.

Mehnat tajribasi: Soha bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi, shundan kamida 2–3 yili rahbarlik yoki yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlagan bo‘lishi lozim.

Boshqa eʼlonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida

Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.

▶️ Batafsil

‖  FacebookInstagramYouTube

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati