Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida elektr energiyasini uzatish (transportirovka) jarayoni barqarorligini ta’minlashga mas’ul navbatchi guruhlar brigadasi tashkil etilgan bo‘lib, ular tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida rejaga muvofiq nazorat ko‘riklari hamda joriy ta’mirlash ishlari o‘tkazilmoqda.
E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali Tarmoqlar xizmati mutaxassislarining magistral elektr tarmoqlarida o‘tkazgan nazorat ko‘rigi hamda joriy ta’mirlash ishlari aks etgan.
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda. Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali ustunlarni mustahkamlash ishlarini davom ettirib, shikastlangan tarmoq elementlari — izolyatorlarni yangilariga almashtirishmoqda.
⚡️ Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati