2025-yil 23-may (juma) kuni soat 11:00da «Qoraqalpog‘iston MET» filiali quyidagi bo‘shi ish o'rniga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazadi:
⚡️ BO‘SH ISH O‘RNI:
▶️ «Qoraqalpog‘iston MET» filiali Elektr energiyasi oqimlarini hisoblash bo‘limiga muhandis, 6 nafar.
❗️TALABLAR:
♦ Oliy texnik ma’lumotli, energetika sohasida kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi;
♦ Elektr tarmoqlari va podstansiyalari orqali oqib o‘tgan elektr energiyasining texnologik sarflari hamda bino-inshootlar uchun xo‘jalik ehtiyoji va 35–500 kV kuchlanishli podstansiyalardagi o‘z ehtiyoji uchun sarflangan elektr energiyasi tahlilini qilib borish bo‘yicha tajribaga ega bo‘lishi;
♦ Microsoft Excel redaktorida jadvallar bilan ishlash va uning funktsiyalaridan foydalanishni bilishi lozim;
♦ Energetika sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi lozim.
Texnik vositalar: Excel, Word, PowerPoint – bilishi zarur;
Chet tillari: Davlat (o‘zbek) tili va rus tilini bilishi zarur.
Mazkur bo‘sh ish o‘rniga ishga qabul qilingan muhandis asosan 35–110–220–500 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalari orqali qabul qilingan va uzatilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisobotlarni tahlil qilib, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlaydi.
☎️ Murojaat uchun telefon: «Qoraqalpog‘ston magistral elektr tarmoqlari» filiali bo‘yicha +998-61-223-93-56.
❇️ MANZIL: Nukus shahri, To‘rtko‘l ko‘chasi, 36-uy «Qoraqalpog‘iston MET» filiali binosi.
Boshqa e’lonlar: ⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» ruknida
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati