2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.104.0: Elektr energiya iste’moli yuqori darajaga chiqishi kutilayotgan yoz mavsumida energiya samaradorligiga erishishga oid tavsiyalar
  • 29.05.2025
  • 15

«Yoshlar» radiokanalining FM.104 to‘lqinlari, "Oqshomga qadar" dasturida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-133-son qarori yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, elektr energiya iste’moli yoqori darajaga chiqish kutilayotgan yoz mavsumida energiya samaradorligiga erishish uchun tavsiyalar berildi. Jonli radiomuloqotda bir qarashda juda mayda, ammo o‘ta muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.

⚡️ Unda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi Ulug‘bek Urunov telefon aloqasi orqali o‘z tavsiyalari bayon etdi.

Dastur davomida energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek, energiya tejamkorligi va samaradorligi masalalariga oid mulohazalar bayon etildi.

Dastur davomida iste’molchilarga yong‘in xavfsizligiga oid ayrim tavsiyalar berib o‘tildi.

Radioboshlovchi Dilafro‘z Yusupova.

Dasturni Umidaxon Hasanova tayyorladi. 

Marhamat, jonli muloqotdan yozib olingan mediamahsulot bilan tanishing!

▶️  Batafsil

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati