2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada   arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Magistral elektr tarmoqlarida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari davom ettirilmoqda
  • 12.06.2025
  • 17

⚡️ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari mutaxassislari tomonidan 35–110–220 va 500 kV kuchlanishli podstansiya va liniyalarda joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

Mutaxassislari tomonidan nazorat ko‘rigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

E’tiboringizga havola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli L-Foton liniyasida olib borilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari aks etgan. Jumladan, mutaxassislar metall konstruksiyali tayanch ustunlarini mustahkamlash va shikastlangan tarmoq elementlarini almashtish amaliyotlari bilan band.

⚡️ Bundan tashqari, liniyalarning kontakt birikmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, qushlar qo‘nishiga qarshi moslamalar holati ta’mirlanib, yangi moslamalar o‘rnatilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirilmoqda.

Shu bilan birga, yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarining tayanch ustunlarini mustahkamlash, liniyalarning kontakt birikmalaridagi qizishlarni aniqlash va bartaraf etish kabi ishlar bajarilmoqda.

⇒ Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi.

FacebookInstagramYouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati