«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-fevraldagi 81-sonli qarorida belgilab berilgan vazifalar ijro etilmoqda.
Jumladan, Davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalarining rasmiy veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomda keltirilgan talablar «O‘zbekiston MET» AJning rasmiy uzbekistonmet.uz veb-saytida o‘z aksini topgan bo‘lib, uzbekistonmet.uz veb-saytida mobil qurilmalar uchun soddalashtirilgan dizayn versiyasi, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ularga tezkor munosabat bildirish, tashriflar statistikasini o‘rganish va nazorat qilish, veb-sayt bo‘yicha izlash imkonini beruvchi funksiyalar mavjud.
❗️ “O‘zkomnazorat” nazorat inspeksiyasining takliflari inobatga olinib, rasmiy uzbekistonmet.uz veb-sayt sahifalari "Eng ko‘p beriladigan savollar" nomli rukn bilan to‘ldirildi. Yangi nimruknga jamoatchilik bilan muloqot uchun yaratilgan elektron platformalar orqali eng ko‘p beriladigan savollar va ularning javoblari joylashtirildi.
⇒ Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga binoan, Aksiyadorlik jamiyatining ochiqlik va shaffoflik siyosatiga oid talablarni takomillashtirish maqsadida:
☎️ Call markaz raqami — +998 (55) 500-5545,
“Onlayn rezyume” va
✍️ “Onlayn maslahatchi”
elektron dasturlari joriy qilingan va uzbekistonmet.uz veb-sayt bilan integratsiyalashtirilgan.
Shuningdek, «FUQAROLAR MUROJAATI» nomli rukn tashkil etilgan bo‘lib, unda internet foydalanuvchilari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita muloqotga kirishish imkoniyatiga. Kelib tushgan murojaatlarning barchasiga javob berilib, murojaatlar mazmuni va bildirilgan munosabatlar matni veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilmoqda.
Qo‘shimcha maʼlumot:
Yuridik manzil: Toshkent shahri, 100084, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy
Telefon: +998 71-236-6035 (Axborot xizmati)
☎️ Telefon: +998 55 500-5545 (Ishonch telefoni- Call sentr, 9:00 dan 18:00 gacha, tushlik 13:00 dan 14:00 gacha)
Telefon: +998 71-208-5622 (Boshqaruv raisi yordamchisi)
Devonxona: +998 71-236-6226 (Kanselyariya, faqat rasmiy xatlar yuzasidan)
✍️ Fuqarolar murojaatlari uchun: +998 55-503-1392.
❗️«O‘zbekiston MET» AJ faoliyatida korrupsiya holatlari aniqlanganda bog‘lanish uchun maxsus raqam: +998-71-208-5641
E-xat: uzbekiston_met@exat.uz
Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz
Elektron pochta: info@uzbekistonmet.uz
⏺️ Manba
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati