1. SAVOL: Nega bizda chiroq yo‘q? Pulini to‘laganman? Hisobimni ko‘rib bera olasizmi?
JAVOB: Hurmatli fuqaro, Sizning so‘rovingiz turdosh tashkilot — "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatining vakolatlari doirasiga kiradi.
MAʼLUMOT O‘RNIDA: "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari va podstansiyalar orqali elektr energiyasini uzatish (transportirovka qilish), 35-110-220–500 kV kuchlanishli elektr tarmog‘i va podstansiyalarni ekspluatatsiya qilish, shuningdek, magistral elektr tarmoqlarida qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya ishlarini bajarish bilan shug‘ullanib, isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar imzolamaydi.
‼ Isteʼmolchilar bilan bevosita shartnomalar tuzish hamda ularga elektr energiyasini yetkazib berish, isteʼmolchilar bilan o‘zaro hisobdorlik yuritish, shuningdek, past kuchlanishli tarmoqlarni rivojlantirish, simyog‘och va transformatorlar o‘rnatish, shu bilan birga, ko‘plab boshqa xizmatlarni ko‘rsatish “HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJning vakolatiga kiradi.
⇒ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat uchun:
het.uz – rasmiy veb-sayti
Telegram – @hetmuloqot, @HET_admin
Facebook – Hududiy электр тармоқлари
Call centre: 1154
Qo‘shimcha maʼlumot: Elektr tarmoqlarida isteʼmolning keskin oshishi tufayli elektr qurilmalari ortiqcha yuklama bilan ishlaganda energotizim barqarorligini saqlash maqsadida o‘rnatilgan avtomatika rejimi tufayli elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lishi tabiiy jarayon hisoblanadi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 martdagi «O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yana-da rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida»gi PQ-4249-sonli qarori.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati