⚡️ Avval xabar berganimizdek, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallari tomonidan 110-220 va 500 kV kuchlanishli podstansiyalarda joriy taʼmirlash ishlari bajarilmoqda.
Eʼtiboringizga xavola etilayotgan suratlarda «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali mutaxassislarining yuqori kuchlanishli podstansiyalarda nazorat koʻrigi hamda joriy taʼmirlash ishlari aks etgan.
Misol uchun, 220 kV kuchlanishli «Xakan» podstansiyasining 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmasi va undan chiquvchi liniyalarda joriy taʼmir va sinov ishlari bajarildi.
Ma’lumot o‘rnida: Mas’ul xodimlarlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat koʻrigida aniqlangan kamchiliklar maxsus texnika va mexanizmlar bilan qurollangan taʼmirlash-sozlash guruhlari tomonidan bartaraf etilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️«ANDIJON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling!